Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «MYu» raqib darvozabonlarini o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylantirmoqda. Realizatsiyani yaxshilash kerak»

14.05.2023, 11:32

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 36-turidan o‘rin olgan «Vulverhempton»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Muhim g‘alaba. Jiddiy mag‘lubiyatlarga munosabat bildirishimiz kerak («MYu» tur oldidan ketma-ket ikki marta yutqazgandi). Avvalgi bahslarda bizga kuch yetishmadi, sekin o‘ynadik. Bugun g‘alaba qozonish kerak edi va buni uddaladik.

Biz o‘yinlarda raqib darvozabonlarini o‘yinlarda eng yaxshi futbolchiga aylantiryapmiz. Realizatsiyani yaxshilash kerak.

Har bir o‘yin og‘ir. Har bir bahsga tayyor turish kerak.

Garnacho bir necha hafta jarohatda bo‘ldi. U qattiq ishladi va bugun o‘yinga darhol ta’sir qildi. Biz bu mavsumda uning zaxiradan maydonga tushganidan keyin o‘yinga qanday ta’sir qilishini bir necha bor ko‘rdik», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
14.05

Ростанам кеча жуда кўп вазиятлардан фойдалана олмади футболчилар шуни устида ишлаш кк бизга битта шансдан гол уриб кетадиган ўйинчилар йитишмаяпти шуни ун чемпионлик ун курашолмаяммиз ҳамма ўйиндаям кўп мамент яратиб бўлурмиди шуни ун битта мамент бўлдими фойдаланиш кк
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты