Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea – APLda «Oltin qo‘lqop» sohibi

14.05.2023, 18:25

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Premer Liga joriy mavsumida individual sovringa munosib ko‘rildi.

Ispaniyalik posbon «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, joriy mavsumda «quruq o‘yinlar» sonini 16 ta uchrashuvga yetkazdi.

Shu tariqa, APL tomonidan joriy qilingan «Oltin qo‘pqop» sovrini «MYu» posboniga topshiriladigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, De Xea bu mavsumda golga sabab bo‘lgan xatolar bo‘yicha eng yomon (4 gol) natijaga ega, seyvlar foizi bo‘yicha ligada 12-o‘rinda. Buning ustiga De Xeada 6, 7 tadan gol o‘tkazgan o‘yinlari ham bor. 16 quruq o‘yindan 11 tasi «Old Trafford»da qayd etilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
15.05

Табриклаймиз!
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты