Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Yuventus» yarim himoyachisini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ten Hag futbolchi bilan gaplashdi

15.05.2023, 16:44

«Manchester Yunayted» Adriyen Rabo bilan shartnoma imzolash g‘oyasiga qaytdi.

O‘tgan yili avgust oyida ingliz klubi «Yuventus» bilan transfer borasida kelishib olgani, ammo rasmiy jarayonlar bo‘lmagani haqida xabar berilgandi.

L’Equipe’ning yozishicha, «MYu» yana yarim himoyachini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda – bu safar erkin agent sifatida. Turinliklar 28 yoshli fransuz bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Ta’kidlanishicha, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Hag allaqachon Rabo bilan transfer borasida gaplashgan.

Yarim himoyachi bu mavsumda A Seriyada 28 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
15.05

olsa arziydigan futbolchi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты