Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

16.05.2023, 00:07

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Marsel Zabitser jarohat sababli mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, avstriyalik futbolchi tizza bo‘g‘imlaridagi shikastlanish sababli mavsum yakuniga qadar jamoaga yordam bera olmaydi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, «Bavariya» klubi tomonidan «Manchester Yunayted»ga ijaraga berilgan futbolchi kelasi mavsumda ham jamoada qolishni istamoqda. Ammo uning Myunxen klubi bilan 2025 yilgacha kelishuvi borligi sababli nemis jamoasi Marselni 20 mln yevroga baholamoqda. Erik ten Hag esa Zabitserni qoldirish borasida hali bir qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum jami 17 o‘yinda 3 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты