Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Qatar shayxi «MYu»ni sotib olish bo‘yicha yaxshilangan taklif bilan chiqdi

17.05.2023, 12:40

Qatarlik shayx Jasim bin Hamad Ol Soniy «Manchester Yunayted»ni sotib olish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, yangi taklif avvalgisidan ancha yaxshi. Unda «Manchester Yunayted»ning 100 foiz aksiyalarini sotib olish, klubning barcha qarzlarini to‘lash, shuningdek, ehtiyojlar uchun alohida jamoa fond tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ol Soniy 5 mlrd funt sterlingdan ko‘proqni taklif qilmoqda, bu futbol tarixidagi rekorddir.

Klubni sotib olish uchun tadbirkor Jim Retkliff ham da’vogarlik qilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.05

бу исқирт глейзерлар хали бери сотишига ишонмаяпман
z

  zamir [off]
17.05

Mavsum yakunlanmasdan sotmasa kerak sababi Yunayted to'rtlikka kira olsa narxini ko'tarsa kerak yuqsa bu narxga satardi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты