Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Nevill: «MYu» «Man Siti»ning maqsadiga yetishiga to‘sqinlik qila oladi»

17.05.2023, 23:01

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Gari Nevillning fikriga ko‘ra, «qizil iblislar» 3 iyun kungi Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozonishi mumkin.

«Mavsum boshidan buyon barcha muxlislar «Manchester Siti»ga katta e’tibor berib kelishmoqda. Agarda trebl qayd etilmasa, muxlislar jamoadan xafa bo‘lishi mumkin. Chunki ular har bir o‘yinda favorit sifatida bo‘lishga o‘rganib qolishdi.

Xursandman, «Manchester Yunayted»da «Manchester Siti»ga trebl qayd etishiga halaqit qilish imkoniyati bor. Buni men «Manchester Yunayted» yarim finalda «Brayton» bilan o‘yindan oldin istagandim.

«Uembli»da «Siti»ga yaxshigina chorlov berish mumkin. Chunki bu maydonda chiroyli o‘yin ko‘rsatish juda qiyin. Chunki ko‘plab jamoalar «Uembli»ni o‘z uyidagidek his qila olishmaydi va shu tomondan «Yunayted» o‘sha kuni «Siti»ga qiyin bo‘lishiga harakat qilishi kerak», – deydi Nevill.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
18.05

Real Madridga o'xshab qolmasak bo'lgani
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты