«MYu» Fil Jons klubni tark etayotganini e’lon qildi
19.05.2023, 18:24
«Manchester Yunayted» klubi jamoa himoyachisi Fil Jons 12 yillik faoliyatidan keyin klubni tark etayotganini rasman e’lon qildi.
Klub sport direktori Darren Fletcher angliyalik o‘yinchiga esdalik sovg‘ani topshirdi.
Jons 2011 yil «Blekbern Rovers»dan «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan edi. U jamoa safida 2012/2013 yilgi mavsum APL chempionligini, Angliya Kubogini (2016), Angliya Liga Kubogini (2017), Angliya Superkubogini (2011, 2013) va Yevropa Ligasi bosh sovrinini (2016/2017) qo‘lga kiritgandi.
31 yoshli futbolchi «qizil iblislar» safida 229 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golga mualliflik qilgan. U so‘nggi marta jamoa safida o‘tgan mavsum 35-turda «Brentford»ga qarshi o‘yinda (3:0) maydonga tushgan edi.
Manba: www.tribuna.uz