De Bryuyne, Holand, Reshford va yana 4 futbolchi APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar
19.05.2023, 21:33
Angliya Premer Ligasi 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi o‘yinchi nomiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Kevin de Bryuyne, Erling Holand (ikkisi ham – Manchester Siti), Harri Keyn (Tottenhem), Martin Edegor, Bukayo Saka (ikkisi ham – Arsenal), Markus Reshford (MYu) va Kiran Triper (Nyukasl) singari o‘yinchilar APLda yil o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda.
Avvalroq, Erling Holand (Man Siti), Aleksander Isak, Sven Botman (ikkisi ham – Nyukasl), Moyses Kaysedo, Aleksis Mak Allister (ikki ham – Brayton), Gabriel Martinelli, Martin Edegor, Bukayo Saka (uchalasi ham – Arsenal) singari o‘yinchilar APLda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar ekani ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum «Man Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APL tomonidan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Ma’lumot uchun, APL yakunlanishiga 3 tur qolganida «Manchester Siti» 85 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Klub Angliya Kubogi finalida «MYu»ga qarshi o‘ynaydi.
Manba: www.tribuna.uz