Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Liverpul»ning holati bilan ishim yo‘q, biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak»

22.05.2023, 02:37

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APLning 37-turi doirasidagi «Bornmut»ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoamni faqatgina raqibni yanchib tashlay olmagani uchungina tanqid qilishim mumkin. Yana bir gol urishimiz kerak edi. Biroq jamoaviy o‘yinlarda bunday holatlar bo‘lib turadi, gol urish oson ish emas.

Kazemiro chiroyli gol urdi. Bu yerda g‘alaba uchun kelgandik va 25 daqiqa mobaynida raqibga nafas olishi uchun imkon bermadik.

De Xea o‘tgan hafta xato qildi, biroq hamma xato qilishi mumkin. Biz jamoaviy himoyalanyapmiz, mana nima sababdan bizda «quruq» o‘yinlar soni ko‘p. Bugun masalan David ham bir necha yaxshi seyvlar amalga oshirdi.

«Liverpul» bilan ishim yo‘q, biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak», – deydi ten Hag.

Manba: www.champinat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты