Londonning ikki klubi Maguayrga da’vogarlik qilmoqda
22.05.2023, 05:44
«Manchester Yunayted» yozda markaziy himoyachi Harri Maguayrni sotib yuborishga qarshi emas.
Transfer News Central xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga «Tottenhem» va «Vest Hem» tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda.
Mankunianliklar Maguayrni 2019 yil «Lester»dan 87 mln yevro evaziga sotib olgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda APLning 15 o‘yinida ishtirok etdi.
Manba: www.championat.asia