Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» va Kim Min Chje o‘rtasidagi kelishuv deyarli yakunlandi

23.05.2023, 10:31

«Napoli» himoyachisi Kim Min Chje «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishga yaqin.

Il Matino xabariga ko‘ra, futbolchini ingliz klubiga o‘tkazish bo‘yicha kelishuv deyarli yakunlangan. Qayd etilishicha, uning uchun Manchesterda uy allaqachon tayyorlab qo‘yilgan.

Avvalroq koreyalik futbolchi Erik ten Hag jamoasida yiliga 9 million yevro ishlab olishi haqida xabar berilgandi.

Kim Min Chje 2022 yilning yozida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubidan «Napoli»ga o‘tgandi. Himoyachi «Napoli» safida 43 ta o‘yinda qatnashib, ikkitadan gol va assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты