Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Nottingem» «MYu» darvozabonini sotib olmoqchi

23.05.2023, 10:36

«Nottingem Forest» Din Hendersonni sotib olishni reja qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «o‘rmonchilar» «Manchester Yunayted» posbonini to‘liq sotib olish haqida o‘ylashyapti. Henderson joriy mavsum ijara asosida «Nottingem» sharafini himoya qildi.

«Forest» darvozabon transferi uchun 30 mln. funt to‘lashga tayyor. Klub kelasi mavsum ham APLda ishtirok etishini kafolatlaganidan so‘ng, Hendersonga bitim borasida ma’lum qildi.

Henderson joriy mavsum APLning 18 ta uchrashuvida maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты