Neymar «MYu»ga o‘tishi mumkin
23.05.2023, 16:02
L’Equipe xabariga ko‘ra, bir qancha ingliz klublari parijliklar bilan muzokaralarni boshlagan. Eng faol muzokaralar «Manchester Yunayted» bilan davom etmoqda.
Qayd etilishicha, bu jarayonda mankunianliklarning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro ishtirok etmoqda. U milliy jamoadagi sherigini Manchesterga chaqirmoqda.
«MYu» 31 yoshli hujumchini ijaraga olishni ma’qul ko‘radi, PSJ esa u bilan butunlay xayrlashmoqchi.
«Chelsi» ham braziliyalik bilan vaziyatni kuzatib bormoqda, ammo keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmasligi londonliklar foydasiga o‘ynamaydi.
Manba: www.tribuna.uz