Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Merson: «1999 yili «MYu»ning omadi kelgan. «Siti» treblga erishsa, tarixdagi eng yaxshisi bo‘ladi»

24.05.2023, 13:18

«Arsenal» sobiq futbolchisi Pol Merson «Manchester Siti» treblga erishsa, buni «Manchester Yunayted»ning 1999 yilgi natijasidan yaxshiroq deb hisoblaydi.

«Manchester Siti» treblga erishsa, bu tarixdagi eng yaxshisi bo‘ladi.

1998/99 yilgi mavsumda «MYu» omad sabab trebl qayd etgan. YeChL finalida «Bavariya» yaqqol ustunlik qilgan, Angliya Kubogi yarim finalida Bergkamp penaltidan foydalana olmagan. APLda hammasi «Arsenal»ning qo‘lida edi, ammo jamoa bir tur qolganida «Lids»ga yutqazib qo‘ygan.

«MYu»ga omad kulib boqqan. «Siti» esa YeChLning amaldagi chempioni «Real»ni tor-mor etdi. Premer Ligada «Arsenal»ni safarda ham yengdi», – deydi Merson.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Gosha [off]
24.05

Hali siti shunga erishsin hasathoy merson
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты