Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Chelsi» futbolchisi uchun 55 million funt to‘lashga tayyor

24.05.2023, 16:56

«Chelsi» yarim himoyachisi Meyson Maunt «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Nashrning yozishicha, 24 yoshli angliyalik xavbek manchesterliklarning yozgi transfer oynasidagi assoiy nishonlaridan biri bo‘lib turibdi. Klub bosh murabbiyi Erik ten Hag Mauntni keyingi mavsum jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Qayd etilishicha, «MYu» ushbu transfer uchun «Chelsi»ga 55 million funt (63,5 mln yevro) to‘lashga tayyor.

Avvalroq, unga «Liverpul» va «Arsenal» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» tarbiyalanuvchisi sanalmish Maunt joriy mavsum jami 35 o‘yinda 3 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
24.05

Yaxshi transfer bulardi ammo Leverpul bn Arsenal toza jonga tegdida o'zi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты