De Xea endi rasman APLning mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi
24.05.2023, 17:02
«Manchester Yunayted» posboni David De Xea Premer Liganing «Oltin qo‘lqop» sovriniga ega chiqdi.
Ushbu mavsumda 32 yoshli posbon APLning 17 o‘yinida gol o‘tkazib yubormadi. Bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ladi. Ikkinchi pog‘onada «Liverpul» darvozaboni Alisson qayd etiladi. Unda 14 «quruq» o‘yin bor.
Darvozabonga APLning 36-turi doirasida «Vulverhempton»ga qarshi o‘yindan keyin «Oltin qo‘lqop» sovrini taqdim qilib bo‘lingan.
Ma’lumot uchun, De Xea bundan avval 2017-2018 yilgi mavsumda «Oltin qo‘lqop»ni yutgandi. O‘shanda ispaniyalik darvozabon mavsum davomida 18 ta «quruq» o‘yin qayd etgandi.
Qayd etish kerak, mankunianliklar uchun APLda yana ikki o‘yin bor. 25 may kuni jamoa «CHelsi»ga qarshi bahs olib borsa, 28 may kuni «Fulhem»ga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.championat.asia