Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» xayrlashadigan o‘yinchilar ro‘yxati ma’lum. 10 futbolchi Ten Hagning rejalaridan o‘rin olmagan

25.05.2023, 17:03

«Manchester Yunayted» klubi yozgi transfer oynasida bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi kutilmoqda. Erik ten Hag tarkibda «tozalash» ishlarini olib bormoqchi.

Insayder Nikola Skiraning yozishicha, «MYu» bosh murabbiyi Erik ten Hag 10 nafar o‘yinchi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Murabbiyning rejalaridan darvozabon Din Henderson, himoyachilar Erik Bayi, Harri Maguayr, Aleks Telles va Brendon Uilyams, yarim himoyachilar Donni van de Bek, Skott MakTomini hamda hujumchilar Entoni Elanga, Antoni Marsyal va Vaut Vegorst singari futbolchilar o‘rin olmagan. U klub rahbariyatiga bu o‘yinchilar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish mumkinligi ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APLda 36 o‘yindan keyin 69 ochko 4-o‘rinda bormoqda. Klub bugun, 25 may kuni qoldirilgan o‘yini doirasida «Chelsi»ni qabul qiladi. O‘yin soat 23:59 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Henderson, Bayi, Telles singari o‘yinchilar joriy mavsumni ijara asosida boshqa klublarda o‘tkazishdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
26.05

Elanga bn McTiominae jalkamasmi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты