Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Chelsi» haqida: «Aniq strategiyasiz – pullar yordam bermaydi. Katta pulga ega bo‘lish mumkin, ammo uni aql bilan sarflash lozim»

26.05.2023, 05:16

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag «Chelsi» rahbariyati o‘zgarganidan keyin klubda yuz berayotgan inqirozli holat haqida fikrini bildirdi.

«Ha, klubda rahbariyat o‘zgarganidan keyin murabbiylar qo‘nimsizlik yuzaga keldi. Endi esa jamoa qiyin holatdan chiqib ketishga urinmoqda. Bu jarayonda aniq strategiyasiz – pullar yordam bermaydi.

Hozirda Angliya Premer Ligasida eng yaxshi o‘yinchilar, eng yaxshi murabbiylar jalb etilmoqda. Klublar moliyaviy jihatdan har qanday transferlarni amalga oshirishi imkoniyatiga ega. Bu esa juda kuchli raqobatga sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi pallada katta pulga ega bo‘lish mumkin, ammo buni aql bilan sarflash lozim. Buning uchun uzoq o‘ylangan reja asosida to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish kerak bo‘ladi. Yo‘nalish aniq belgilanib olishi zarur», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты