Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Keyn va yana ikki futbolchi «MYu»ning asosiy transfer maqsadlariga aylandi

26.05.2023, 13:40

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaning yozishicha, «MYu» transfer oynasida «Tottenhem» forvardi Harri Keyn, «Chelsi» yarim himoyachisi Meyson Maunt va «Vest Hem» xavbeki Deklan Raysni sotib olish uchun kurashadi. Bosh murabbiy Erik ten Hag eng avvalo markaziy hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Harri Keyn transferini hal qilishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, Erik ten Hag jamoani tark etishi kutilayotgan 10 nafar o‘yinchi – darvozabon Din Henderson, himoyachilar Erik Bayi, Harri Maguayr, Aleks Telles va Brendon Uilyams, yarim himoyachilar Donni van de Bek, Skott MakTomini hamda hujumchilar Entoni Elanga, Antoni Marsyal va Vaut Vegorst bilan xayrlashuvdan tushadigan transfer tushumi va maoshlar jamg‘armasi yengillashi orqali jamoa o‘yiniga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladigan o‘yinchilarni taklif etishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, ten Hag «MYu»dagi dastlabki mavsumida klub bilan APLda 3-o‘rinni egallashi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.05

Vandebek uvol boldida
z

  zamir [off]
26.05

uchchalasiham zo'r variant
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты