Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning joyi Chempionlar Ligasida» – ten Hag «Chelsi»ga qarshi o‘yin, so‘nggi tur va jarohatlar haqida

26.05.2023, 13:53

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 32-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (4:1) qarshi qoldirilgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu klubning joyi Chempionlar Ligasida. Premer Ligada bunga erishish oson emas, ko‘pchilik bu yo‘llanma uchun kurashmoqda.

G‘alaba qozonishni xohladik. «Chelsi»da ajoyib o‘yinchilar bor, lekin biz qarshi hujumlarda juda yaxshi o‘ynadik, haqiqatan ham xavfli. 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik, ko‘proq to‘p kiritishimiz kerak edi, lekin ular ham gol urishlari mumkin edi.

Ikkinchi bo‘limda himoyamiz yaxshiroq edi. Birinchi bo‘limda chiziqlar o‘rtasida muammolarga duch keldik. Raqib bosimsiz o‘ynadi. Ularni to‘xtashimiz va bo‘sh hududlardan foydalanishimiz kerak edi. Ikkinchi gol birinchi bo‘lim oxirida urildi va bundan oldinroq ham bo‘lishi mumkin edi.

So‘nggi tur? 3-o‘rinda qolishimiz kerak. Diqqatni jamlash muhimdir. Shu bilan birga uy o‘yinlaridagi ko‘rsatkichni yaxshilash kerak. «Fulhem» bilan muhim o‘yin bo‘ladi, unda g‘alaba qozonishni xohlaymiz.

Antoni va Lyuk Shouning jarohatlari? Aytish qiyin. Keling, 24 soat kutamiz va ko‘proq ma’lumot bilib olamiz», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
26.05

Yana jarohatmi-?
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты