Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Bir mavsumda 27 ta uy o‘yinida g‘alaba qozonish – katta yutuq. Jamoaviy va individual o‘sishga erishdik»

29.05.2023, 20:29

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 38-turidan o‘rin olgan «Fulhem»ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Haqli ravishda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, g‘alaba va 3-o‘rindan xursandman. Bir mavsumda 27 ta uy o‘yinida g‘alaba qozonish – katta yutuq (klub rekordi takrorlandi).

Aniq amalga oshirilmagan penalti burilish nuqtasi bo‘ldi. Seyvdan so‘ng to‘p bilan ham, to‘psiz ham ancha tartibli o‘ynadik. Men, albatta, De Xeani saqlab qolmoqchiman va u ham qolishni xohlaydi. Kelisha olamiz.

Mavsum boshlanishi qiyin bo‘ldi, lekin jamoaviy va individual o‘sishga erishdik. Kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashda ko‘plab raqobatchilar bor va biz YeChLga yo‘llanma qo‘lga kiritganimiz uchun jamoa maqtovga loyiq», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты