Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Reshford – «MYu» muxlislari va futbolchilari talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi

30.05.2023, 11:02

Markus Reshford 2022/23 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Hujumchi o‘z faoliyatida ilk marta Mett Basbi mukofotini oldi. U «Yunayted» saytida va klub ilovasida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislar tomonidan birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Reshford 1998 yildan so‘ng ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan «MYu»ning ilk tarbiyalanuvchisi bo‘ldi. Oxirgi marta Rayan Giggz bunga erishgan.

Shuningdek, 25 yoshli ingliz jamoadoshlari tomonidan ham eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

Markus bu mavsumda mankunianliklar safida 30 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты