Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» hujumchisi jarohat sabab Angliya Kubogi finalini o‘tkazib yuboradi

31.05.2023, 12:03

Antoni Marsyal 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi finalida o‘ynamaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

APLning so‘nggi turidan o‘rin olgan «Fulhem»ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin «Manchester Yunayted» hujumchisining sonida jarohati borligi aniqlandi. Shu sabab u «Manchester Siti»ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.

Bu mavsumda fransiyalik futbolchi APLda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты