Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Forbes jahonning eng qimmat klublari reytingini e’lon qildi. «Real», «MYu», «Barselona» uchlikda

31.05.2023, 21:22

Forbes nashri jahonning eng qimmat klublari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 6,07 milliard AQSh dollari narx bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. «Manchester Yunayted» klubi esa 6 milliard narx bilan bu borada ispan klubini ta’qib etmoqda. Uchlikni esa «Barselona» yopib bergan – 5,51 milliard dollar.

To‘rtinchi o‘rinda «Liverpul» (5,29 mlrd), beshlikdan esa «Manchester Siti» (4,99 mlrd) joy olgan.

Top-10likdan «Bavariya» (4,86 mlrd), «PSJ» (4,21 mlrd), «Chelsi» (3,1 mlrd), «Tottenhem» (2,8 mlrd) va «Arsenal» (2,26 mlrd) ham o‘rin olgan.

Top-20likka esa «Yuventus» (2,16 mlrd), «Borussiya» Dortmund (1,93 mlrd), «Atletiko» (1,54 mlrd), «Milan» (1,4 mlrd), «Vest Hem» (1,08 mlrd), «Inter» (1,03 mlrd), «Los-Anjeles» (1 mlrd), «Los-Anjeles Gelaksi» (925 mln), «Atlanta Yunayted» (850 mln) va «Kristal Pelas» (806 mln) kiritilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты