Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Neymar Saudiyadan 400 mln yevrolik taklifni rad etdi. U faqat ikki klubdan birida o‘ynamoqchi

31.05.2023, 22:09

Neymar yirik taklifga qaramay, Saudiya Arabistonida o‘ynashni istamayapti.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, Yaqin Sharq klublaridan biri «PSJ» hujumchisiga 400 mln yevro bermoqchi. Biroq braziliyalik rad javobini bergan.

31 yoshli futbolchi faoliyatini faqat ikki klubdan birida davom ettirmoqchi: hozirgi klubi yoki «Manchester Yunayted»da.

Oldinroq ingliz klubi bilan muzokaralar olib borilayotgani va transfer mankunianliklar Shayx Jasim bin Hamad Ol Soniy boshchiligidagi qatarliklar qo‘liga o‘tsa amalga oshishi xabar qilingandi.

«PSJ» maoshlar bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish uchun Neymarni sotishga tayyor. Qolaversa, klub uning xatti-harakatlaridan unchalik mamnun emas.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты