Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: «MYu» Maunt bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

01.06.2023, 14:20

Meyson Maunt «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

Klub yarim himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb xabar beradi The Telegraph.

Futbolchi «Chelsi»ni tark etmoqchi, uning shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Klub 24 yoshli ingliz uchun 85 mln funt so‘ramoqchi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Hag klub Meyson bilan shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda. Hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga «Liverpul» va «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda, ammo u «Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

Premer Liganing 2022/23 yilgi mavsumida Maunt 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Manba www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты