Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr ten Hag bilan «MYu»dagi kelajagini muhokama qiladi. Klub himoyachini qo‘yib yuborishga tayyor

01.06.2023, 21:35

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr Erik ten Hag bilan o‘zining klubdagi kelajagini muhokama qiladi.

Umuman olganda, ten Hag himoyachini kelasi mavsum ham jamoada qolishiga qarshi emas, ammo Maguayrning o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyoti olish uchun «MYu»ni tark etmoqchi.

«Manchester Yunayted» ham Maguayr borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Hozirda Maguayr bilan «Vest Hem» shartnoma imzolashi mumkindek ko‘rinmoqda. «Vest Hem» qishda himoyachiga qiziqish bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Maguayr ushbu mavsum «MYu» tarkibida 16 marta maydonga tushdi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
02.06

Омад кейинги иншларига
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты