Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr «Chelsi» futbolchisiga aylanishi mumkin

03.06.2023, 17:13

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr «Chelsi»ga o‘tish imkoniyatiga ega.

Futbolchi yarim himoyachi Meyson Mauntning «iblislar»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv bir qismi bo‘lishi mumkin. «Manchester Yunayted» futbolchi uchun 50 million funt berishga tayyor, ammo londonliklar 80 million funt sterling talab qilmoqda. «Ko‘klar» kelishuvga Maguayrning kiritilishi transfer narxini kamaytirishga yordam beradi deb umid qilmoqda.

Avvalroq «Manchester Yunayted» Maguayrga jamoani tark etishi uchun 10 million funt to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты