Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher: «Qachon qarasa Pogba haqida so‘raysizlar... U qoladi»

19.08.2019, 12:57

«MYu» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shogirdi Pol Pogba jamoadan ketmasligiga ishonchi komil ekanini yana bir bor ta’kidladi.

– «Doimiy tarzda mendan Pol haqida so‘raysizlar, shunday emasmi? Lekin meni bu masalada mutlaqo xavotirim yo‘q. U biz bilan qoladi, degan fikrdaman.

OAV kontekst ichidan so‘zlarni ajratib oladi, lekin men u aytgan so‘zlarda g‘ayrioddiy hech narsani ko‘rmayapman: «menga futbol o‘ynash yoqadi, klubdagi jamoadoshlarim bilan vaqtimni chog‘ o‘tkazyapman, qilayotgan ishim o‘zimga yoqadi...»

Agar hali hammasi so‘roq ostida, degan gapni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, aytmoqchi bo‘lganim, Pogba bor joyda, doim savollar bor. Nechta matbuot anjumani bo‘lgan bo‘lsa, Pogba haqida shuncha savol berildi. Lekin u amalda doim «MYu»da o‘ynash o‘ziga yoqayotganini ta’kidlab kelyapti», – degan Sulsherning so‘zlarini keltirdi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, kecha The Times «Real» Pogba transferiga yana bir bor urinib ko‘rishi haqida xabar tarqatgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
20.11

Тттттт

  [off]
19.08

Жонга тегди шу журналлархам

  [off]
19.08

SEKSLARNI OLIB TASHLENG ADMIN BOSHQA NARSANI REKLAMA QILSAYAM BO'LADIKU YO AYNAN SEKS REKLAMA QILISH SHARTMI

  [off]
19.08

Sulsherga gap yo
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты