Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» jamoaning navbatdagi uy o‘yinlarida muxlislarning tartibsizlik uyushtirishidan xavotirda

16.10.2023, 19:31

«Manchester Yunayted» muxlislarning klub Gleyzerlar oilasida qolishiga munosabatidan xavotirda.

Avvalroq INEOS rahbari Jim Retkliff klubning 25 foiz aktsiyasini sotib olishi, nazorat paketi esa hozirgi egalarda qolishi ma’lum qilingandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klub muxlislarning navbatdagi uy o‘yinida g‘alayon qilishini yoki boshqa yo‘l bilan o‘z noroziligini bildirishini kutmoqda. Shu munosabat bilan mankunianliklarning navbatdagi o‘yinida xavfsizlik choralari kuchaytirilishi kutilmoqda.

24 oktabr kuni «MYu» Chempionlar Ligasi guruh bosqichida «Kopenhagen»ni qabul qiladi. APL doirasida «Manchester Siti» bilan bellashuv esa 29 oktabrga belgilangan – muxlislar o‘rtasida derbini boykot qilish takliflari allaqachon paydo bo‘lgan.

«MYu»ga «Kopenhagen»ga qarshi o‘yinda «Old Trafford»dan tashqarida katta Manchester politsiyasi yordam beradi», – deydi bosh nazoratchi Kollet Rouz.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты