Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Hoylund Holand haqida: «Erling – jahonning eng yaxshi hujumchisi. Qachondir uning darajasiga yetaman, deb umid qilaman»

18.10.2023, 09:04

«Manchester Yunayted» forvardi Rasmus Hoylund uni Erling Holand bilan taqqoslamaslikni so‘radi.

«Meni Holand bilan taqqoslashlari yoqmaydi va bu to‘g‘ri emas deb hisoblayman. Qachonlardir uning darajasiga yetaman deb umid qilaman, ammo hali bunga juda ham erta.

Erling – jahonning eng yaxshi hujumchisi, agar hozirning o‘zida eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lmasa.

Hali 20 yoshdaman, ko‘ramiz, qaysi darajagacha ko‘tarila olarkanman», – deydi Hoylund.

Ma’lumot uchun, Rasmus joriy mavsum manchesterliklar safida 8 o‘yinda maydonga tushib, YeChLda 3 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты