APLning eng yaxshi stadionlari reytingi tuzildi
19.10.2023, 03:11
The Athletic nashriga ko‘ra, «Tottenhem»ning uy stadioni Premer Ligada eng yaxshi o‘yingoh sanaladi.
Nashrga ko‘ra, eng yaxshi stadionlar reytingini tuzishda arenaning to‘rtta jihati inobatga olingan: tribunadan maydonning ko‘rinishi, stadion infrastrukturasining qulayligi, o‘yin paytida stadiondagi muhit va stadion dizayni, tarixi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhi 10 ballik tizimda stadionni baholagan.
«Tottenhem Stedium» eng yaxshi stadion deb topilgan bo‘lsa, «Nyukasl» va «MYu»ning uy arenasi uchlikdan joy olgan.
The Athletic talqiniga ko‘ra, APLning eng yaxshi stadionlari reytingi:
1. «Tottenhem Stedium» («Tottenhem»);
2. «Sent-Jeyms Park» («Nyukasl»);
3. «Old Trafford» («Manchester Yunayted»);
4. «Emireyts» («Arsenal»);
5. «Enfild» («Liverpul»);
6. «Moline Stedium» («Vulverhempton»);
7. «Villa Park» («Aston Villa»);
8. «Brentford Kommyuniti» («Brentford»);
9. «Stemford Brij» («Chelsi»);
10. Olimpiya stadioni («Vest Hem»);
11. «Etihad Stedium» («Manchester Siti»);
12. «Siti Graund» («Nottingem Forest»);
13. «Bremoll Leyn» («Sheffild Yunayted»);
14. «Gudison Park» («Everton»);
15. «Kreyven Kottedj» («Fulhem»);
16. «Falmer Stedium» («Brayton»);
17. «Turf Muur» («Bernli»);
18. «Selxerst Park» («Kristal Pelas»);
19. «Kenilvort Roud» («Luton»);
20. «Din Kort» («Bornmut»).
Manba: www.tribuna.uz