«Borussiya» Sanchoni bir shart bilan ijaraga olishga rozi
20.10.2023, 09:12
Dortmundning «Borussiya» klubi «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sanchoni ijaraga olishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, nemislar futbolchi mankunianlar bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan mojarosidan keyin qiziqishini rasmiy davralarda rad etmoqda. Biroq, manbaning xabariga ko‘ra, «arilar» yanvar oyida agar masalaning moliyaviy jihati borasida kelisha olishsa, Sanchoni ijaraga olishga rozilar.
Mavsum oxirigacha mo‘ljallangan qisqa muddatli ijara eng optimal variantdek ko‘rinmoqda. «Borussiya»ga buning uchun «Yunayted» futbolchi maoshining bir qismini to‘lashda davom etishi zarur. Eslatib o‘tamiz, Jeydon haftasiga 300 ming funt oladi.
Manba: www.championat.asia