Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kazemiro «MYu»ning navbatdagi ikki o‘yinini o‘tkazib yuboradi

20.10.2023, 09:31

Kazemiro «Manchester Yunayted»ning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Yarim himoyachi milliy jamoada jarohat olgan va klub maslahati bilan tezroq tuzalish uchun Braziliyada qolgandi.

31 yoshli futbolchi 21 oktabr kuni APLda «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Braziliyalik futbolchi kelasi hafta boshida «MYu» mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda, ammo diskvalifikatsiya tufayli Chempionlar Ligasi doirasida «Kopenhagen»ga qarshi bahsda ham o‘ynamaydi.

Kazemiro 29 oktabr kuni «Manchester Siti»ga qarshi derbiga tayyor bo‘lishi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
20.10

Чап қанот ҳимоячилари қачон сафга қайтади

  Nodir [off]
20.10

Ҳимоячилардан хабар йўқми ҳали
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты