Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Erik ten Hag: «Onana yaxshiroq o‘yin ko‘rsata oladi»

21.10.2023, 05:36

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoaning hozirgi posboni Andre Onanani sobiq darvozabonlar David de Xea hamda Peter Shmeyxel bilan solishtirdi.

Onana «MYu»dagi dastlabki 10 o‘yinida 18 gol o‘tkazib yubordi. 2011 yilda de Xea ham mankunianliklardagi startida omadsizlikka uchragan va 10 o‘yinda 17 gol qo‘yib yuborgandi.

– «U ham biz ham yanada yaxshiroq bo‘la olishini bilamiz. Premer-ligaga endigina o‘tgan istalgan futbolchidan moslashish uchun vaqt talab qilinadi. Biroq u birdaniga o‘zini ko‘rsatishi kerak. Masalan, David de Xea hamda Peter Shmeyxel ham «MYu»dagi faoliyatini unchalik yorqin boshlamagan. Andre ham bunday tarixlarni o‘qib chiqishi kerak deb o‘ylayman.

Kelajakka umid bilan qarayapmiz. Sifatli o‘yinlar ko‘rsatib, ushbu klubda u o‘zi uchun kelajak qura olishi lozim. Ishonaman, u buni qila oladi. U buni bir necha marta «Barslona», «Ayaks» va «Inter» kabi katta klublarda isbotlagan», – dedi ten Hag.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты