Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag Charltonning o‘limi va «Sheffild» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

23.10.2023, 12:26

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 9-turidan o‘rin olgan «Sheffild Yunayted»ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ser Bobbi Charltonning o‘limi? Juda achinarli, bizning xayolimiz uning oilasi, rafiqasi, bolalari va nevaralari bilan.

Uning futbolda erishgan yutuqlari juda katta edi, maydon tashqarisidagi xarakteri ham shunday. Futbol olami buyuk insonni yo‘qotdi. Unga hurmatimizni ko‘rsatishimiz kerak edi va, menimcha, biz buni uddaladik. G‘alabani nishonlamoqchi edik, lekin shu bilan birga uning xotirasini hurmat qilamiz.

Premer Ligada har bir o‘yin qiyin kechadi. Milliy jamoalarda futbolchilar o‘z mamlakatlari uchun turli uslublarda va sxemalarda o‘ynashadi. Yana o‘z tartibimizga qaytishimiz kerak.

Ko‘rdingizki, birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz eng yaxshisi emasdi. Gol urdik, ammo 1:0 hisobini saqlab qolish va ustunlikni bu qadar tez qo‘ldan boy bermaslik uchun xotirjam o‘ynashimiz kerak.

Tanaffusda g‘alaba qozonish yo‘lini topishimizni aytdim va, o‘ylaymanki, ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik. Skott MakTomini – juda yaxshi jangchi. U o‘z vaqtida hujumga o‘tdi va yaxshi gol urdi», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты