Yangiliklar tasmasi
Maguayr: «Raqib bizni o‘z sxemasiga solib qo‘ydi»
23.10.2023, 17:20
«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr APL doirasida «Sheffild»ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
«Raqib bizni o‘z sxemasiga solib qo‘ydi, bunga ko‘nikib olish uchun vaqt ketdi.
Jamoa g‘alaba uchun qo‘lidan kelganini qildi, ammo bu juda qiyin bo‘ldi. Bilaman, biz bundan ham yaxshiroq bo‘la olamiz», – deydi Maguayr.
Harri uchrashuv yakunlanganidan keyin muxlislar talqiniga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Manba: www.championat.asia