Ten Hag: «Maguayr biz istagan o‘yinni ko‘rsatyapti»
23.10.2023, 17:26
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag himoyachi Harri Maguayrning o‘yinini yuqori baholadi.
«Maguayr biz istagan o‘yinni ko‘rsatyapti – raqibga katta bosim o‘tkazmoqda. Uning o‘yinidan mamnunman.
U uchrashuvning eng yaxshisi bo‘lishga loyiq edi. Harri zo‘r o‘yin o‘tkazdi va raqiblarning harakatini o‘qiy oldi. Undan xursandman», – deydi ten Hag.
Manba: www.championat.asia