Maguayr: «Mukammal emas, ammo muhim g‘alaba. Klubni o‘z o‘rniga qaytarishni istayman»
25.10.2023, 13:06
«Kopenhagen»ga (1:0) qarshi YeChL 3-turida «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltirgan himoyachi Harri Maguayr o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Xotirjamroq o‘ynashimiz kerak, bizda qarshi hujumlar ko‘p bo‘ldi va ikkinchi bo‘limda raqibga birorta ham vaziyat yaratishga imkon bermadik. Birinchi bo‘lim yomon o‘tdi, mukammal g‘alaba bo‘lmadi, lekin muhim yutuq. Onana o‘z rolini o‘ynadi, bu muhim seyv bo‘ldi.
Ajoyib seyv va g‘alaba Ser Bobbi hamda uning oilasiga bag‘ishlanadi. «Sheffild Yunayted»ga (2:1) qarshi safar o‘yinidan so‘ng biz uchun og‘ir hafta bo‘ldi. Ser Bobbi kabi shaxsni yo‘qotish klub va kiyinish xonasiga ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bugun g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman.
Muxlislar ismimni aytib kuylashlari? Bu ajoyib. So‘nggi 6-12 oy davomidagi ishimdan faxrlanaman.
Imkoniyat berildi va men jamoaga yordam berishni, klubni kerakli joyga qaytarishni istayman», – deydi Maguayr.
Manba: www.tribuna.uz