Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Aql bovar qilmas kecha. Oxir-oqibat, bizni mo‘jiza qutqardi»

25.10.2023, 21:15

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag «Kopengagen»ga qarshi kechgan dramatik uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Albatta, Aql bovar qilmas va ajoyib kecha. Ayniqsa, oxirgi soniyalarda darvozamizga penalti belgilandi, ammo Onana tomonidan ajoyib seyv amalga oshirildi. Maguayr ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, bu fikrni Onanaga nisbatan ham ishlatsak bo‘ladi. Tanaffusdan so‘ng u muhim seyvni amalga oshirdi.

Birinchi bo‘limni yomon o‘tkazdik, ammo biz xotirjamlikni saqlab qoldik, ikkinchi bo‘limda esa kuchayib, ularga nisbatan ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Oxir-oqibat, bizni mo‘jiza qutqardi».

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты