Yangiliklar tasmasi
Mesut O‘zil: «Maguayr va Onana bunga munosib edi – ular xeyterlarning ovozini o‘chirishga majbur qilishdi»
25.10.2023, 21:25
«Arsenal» va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil «Manchester Yunayted» futbolchilari Onana va Maguayr uchun xursandligini yashirib o‘tirmadi.
«Maguayr va Onana bunga munosib edi – ular xeyterlarning ovozini o‘chirishga majbur qilishdi», – deb fikr qoldirgan sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Maguayr «Manchester Yunayted» va «Kopengagen» uchrashuvidagi yagona gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Onana so‘nggi daqiqalarda penaltini qaytarib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Manba: www.championat.asia