Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea «MYu»ga qaytishi mumkin. Darvozabon xabarlarga munosabat bildirdi

26.10.2023, 17:53

David De Xea «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin, deya yozmoqda Angliyaning The Sun nashri.

Manba xabariga ko‘ra, ispaniyalik 32 yoshli darvozabon «Yunayted» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin. Bunga Kamerun milliy jamoasi darvozaboni Andre Onananing 13 yanvardan 11 fevralga qadar o‘tadigan Afrika millatlar kubogiga yo‘l olishi sabab bo‘lishi mumkin.

E’tiborlisi, David De Xeaning o‘zi ham bu xabarlarga reaktsiya bildirib, tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida o‘ylayotgan smaylikni qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, De Xea 2011-2013 yillar davomida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib, yozda erkin agentga aylangandi. Ammo darvozabonga jiddiy takliflar bo‘lmagach, u hamon erkin agent sanaladi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
27.10

Mavsum oxirigacha bo'lsayam mayli edi Bu shu yerda bo'lsa anavi qoravoy asosiy uchun kurashardimi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты