Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Man Siti»ga qarshi uchrashuv haqida: «Bu muhim ahamiyatga ega o‘yin, derbi – butun dunyo e’tiborida bo‘ladi»

28.10.2023, 13:47

Erik ten Hag Manchester derbisi oldidan «Manchester Yunayted» to‘g‘ri yo‘lda ekanini ma’lum qildi.

«Bizni mag‘lub etish qiyin, biz ham g‘alaba qozonish yo‘lini topamiz. Biz to‘g‘ri yo‘nalishdamiz. Bu bahs juda muhim ahamiyatga ega. Bu ichki derbidir, ammo butun dunyo e’tiborida bo‘ladi.

To‘pga egalik qilish bo‘yicha doim ham o‘z darajamizda emasmiz. Pressing bo‘yicha esa natijamiz yaxshi, chunki to‘pni qaytarib olish borasida APLda yetakchilar qatoridamiz.

Ammo biz hujumlarga o‘tish va qarshi hujumlarda bor imkoniyatimizdan foydalana olmayapmiz. O‘yindan-o‘yinga o‘sish kuzatilsa, uchrashuvlarda g‘alaba qozonish osonlashadi», – deydi ten Hag.

Ma’lumot uchun, «MYu» – «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv 29 oktabr kuni «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 20:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
S

  Sulton [off]
29.10

Sangamas Sitini yutish
S

  Sultonboy [off]
28.10

Siti bilan o'yinda jamoamizga omad
S

  Shahzod [off]
28.10

Inshaallox yutamiz
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты