«MYu» 2022/23 yilgi mavsumda Angliya klublari uchun rekord – 648,4 million funt daromad ko‘rdi
29.10.2023, 12:03
«Manchester Yunayted» klubi 2022/23 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «MYu» o‘tgan mavsumda umumiy 648,4 mln funt daromad ko‘rgan. Bu Angliya klublari uchun rekord natijadir. Shu bilan birga klubning tijoriy daromadlari ilk marta 300 million funtdan oshgan.
Katta daromadga qaramay, klubning uzoq muddatli qarzlari 538 million funt darajasida qolgan. Shu bilan birga Gleyzerlar oilasi o‘tgan mavsum uchun dividendlarni olmaslikka qaror qilgan.
Qayd etilishicha, rekord daromadga qaramay, «MYu» umumiy xarajatlari bilan o‘tgan mavsumni zarar bilan yopgan – 42 mln funt.
«Klubning maoshlar uchun yillik sarfi 52,8 million funtga qisqargan – 331,4 mln funt. Bu jamoaning o‘tgan mavsumda YeChLda ishtirok etmagani va o‘yinchilarning maoshi sezilarli pasaygani hamda bir qator yuqori maoshli futbolchilar jamoani tark etgani bilan bog‘liq», – deyiladi hisobotda.
Manba: www.tribuna.uz