Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pirs Morgan: «Ten Hag – shunchaki firibgar. U Ronalduni haydab yubordi, Krishtianu esa 2023 yilda 43 ta gol urdi»

30.10.2023, 12:16

Pirs Morgan yana bir bor «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hagni masxara qildi va Krishtianu Ronalduni maqtadi.

«Manchester Siti» APLning 10-turida hamshaharini safarda mag‘lub etdi (3:0).

«Yunayted» o‘z maydonida «Siti» tomonidan xo‘rlandi. Erik ten Hag Ronalduni klubdan haydab yuborgan va shundan keyin yaxshi uxlayotganini aytgandi. Krishtianu esa 2023 yilda klub va milliy jamoasi uchun 43 ta gol urdi.

Ten Hag – shunchaki firibgar», – deb yozgan teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi.

Morgan 2022 yil noyabrda Krishtianu bilan shov-shuvli intervyu o‘tkazgan, shundan ko‘p o‘tmay portugaliyalik futbolchi va «MYu» shartnomani bekor qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты