Ten Hag: «Penalti o‘yinni o‘zgartirdi. Biz hamon cho‘qqi sari yo‘ldamiz. Sabrli bo‘lish kerak»
31.10.2023, 13:10
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 10-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» bilan o‘yindan (0:3) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik, juda to‘g‘ri himoyalandik. Bizda qarshi hujumlar, imkoniyatlar bo‘ldi, foydalanishimiz mumkin edi. Keyin penalti o‘yinni o‘zgartirdi.
Ikkinchi bo‘limda hujum qilishimiz kerak edi, zichroq o‘ynashni xohladik. «Siti» futbolchilari pressing qilishlarini va yuqoriga ko‘tarilishlarini bilardik.
Ikkinchi gol – biz uni juda erta o‘tkazib yubordik. Yomon qarorlar qabul qildik. Darvozabonga bosim o‘tkazmaslik haqida gapirgandik, buning iloji yo‘q.
O‘ylashimcha, birinchi bo‘limda hammasi biz xohlagandek bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa 0:2 hisobi bilan raqibga qarshi noqulay vaziyatda o‘ynashga majbur bo‘ldik.
Mag‘lub bo‘ldik, lekin birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Xafsalamiz pir bo‘ldi va tashvishlandik, ammo ertadan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Progress? Buni «Man Siti» bilan o‘yindan keyin so‘rayapsiz, oldingi 3 ta bahsda g‘alaba qozongan bo‘lsak ham.
Biz cho‘qqi sari yo‘ldamiz va unga intilyapmiz. Sabr qilish kerak. Futbolchilar jarohatdan qaytishmoqda, biz kuchayyapmiz», – deydi ten Hag.
Manba: www.tribuna.uz