Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» rahbariyati va futbolchilari ten Hagni qo‘llab-quvvatlashmoqda

01.11.2023, 14:47

«Manchester Yunayted» rahbariyati Erik ten Hagga ishonch bildirmoqda.

Klub APLning 10-turida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi (0:3). Bu mavsumda ligada 10 ta o‘yinning 5 tasida yutqazgan ten Hag jamoasi mankunianliklarning so‘nggi 37 yildagi eng yomon startini qayd etishdi.

MEN xabariga ko‘ra, ushbu mavsumdagi natijalarga qaramay, «MYu» bosh direktori Richard Arnold niderlandiyalik mutaxassisga ishonishda davom etmoqda va jamoaning rivojlanishiga ishonmoqda. Jamoaning asosiy futbolchilari ham bosh murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

10-turdan keyin «MYu» APL turnir jadvalida 15 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
01.11

Бунақанги лигада ритмга тушиш қийн

  Nodir [off]
01.11

Ҳозирги АПЛ ман кўрган энг кучли АПЛ бунақанги лига бўмаган 10 та каманда кучли тўртлик ун курашяпти
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты