Ten Hag: «Bu o‘yin standartlarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Javobgarlikni o‘z zimmamga olaman»
02.11.2023, 13:02
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag Liga Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Nyukasl» (0:3) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Natija yaxshi emasligini bilamiz. Mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak. Javobgarlik menda.
Muxlislardan uzr so‘rashim kerak, chunki bu o‘yin bizning standartlarimizga mos kelmaydi va biz buni tuzatishimiz kerak. Mag‘lubiyatlardan qutulishimiz, buni tezda qilishimiz kerak. Keyingi o‘yin shanba kuni bo‘lib o‘tadi va biz plankani ko‘tarishimiz kerak.
Bizda mahorat yetarli va futbolchilar sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildira olishadi. Ular harakat qilishganini ko‘rdingiz, lekin bu yetarli emasdi. Va men buning uchun javobgarman. Birgalikda tuzatishimiz kerak.
Ishonch qozonish uchun, avvalo, o‘ynash kerak. Istalgan natijaga erishganingizda ishonch paydo bo‘ladi. Qoidalarga rioya qilganingizda, printsiplarga sodiq qolganingizda, yakkakurashlarda g‘alaba qozonganingizda, o‘zingizni jangga majburlaganingizda natijaga erishishingiz mumkin.
Hozir asosiysi – to‘g'ri mentalitet», – deydi ten Hag.
Manba: www.tribuna.uz