Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fernandeshning 90+1-daqiqadagi goli «MYu»ga Londonda g‘alaba keltirdi

04.11.2023, 23:30

Angliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda «Manchester Yunayted» Londonda «Fulhem» bilan to‘qnash kelib, xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Fernandesh 3 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

Ten Hag jamoasi ochkolarini 18 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Fulhem» 12 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

APL. 12-tur

«Fulhem» – «Manchester Yunayted» 0:1

«Kreyven Kottej»

Gol:
B. Fernandesh (90+1).

«Fulhem»: Leno, Kastan, Rim, Bassi, Robinson, Uilson (Kerni, 90), Pereyra (Dekordova-Rid, 81), Palinya, Villian (Lukich, 76), Ivobi (Ximenes, 90), Rodrigo Muniz (Vinisius, 76).

«Manchester Yunayted»: Onana, Uan-Bissaka, Evans, Maguayr, Dalot, Eriksen (Maunt, 79), B. Fernandesh, MakTomini, Antoni (Pellistri, 63), Garnacho (Varan, 90+3), Hoylund (Marsyal, 79).

Ogohlantirishlar: Robinson (31), Pereyra (66), Palinya (66), Garnacho (67), Ivobi (82), Uilson (85).

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты