«Man Siti» «MYu»ning 18 yoshli xavbekini sotib olmoqchi
05.11.2023, 00:07
«Manchester Siti» «Manchester Yunayted» futbolchisini sotib olmoqchi.
FourFourTwo xabariga ko‘ra, «shaharliklar» 18 yoshli yarim himoyachi Kobbi Maynuni nishonga olishgan. Xavbekning «Yunayted» bilan uzoq muddatli shartnomasi bor, shuning uchun uni sotib olish kerak bo‘ladi.
Maynu Premer Ligada 1 ta o‘yin o‘tkazgan – avvalgi mavsumda. U shuningdek, Angliya Kubogi va Liga kubogida maydonga tushgan.
Manba: www.tribuna.uz